O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida hisobga o‘tkazish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

345-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida hisobga o‘tkazish
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgan taqdirda qarzdor o‘zining dastlabki
kreditorga muqobil talabini yangi kreditorning talabiga qarshi hisobga o‘tkazishga haqli.
Agar talab qarzdor bu talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgani to‘g‘risidagi
bildirishni olgan paytgacha mavjud bo‘lgan asosga ko‘ra vujudga kelgan bo‘lsa va talab qilish
muddati ana shu bildirish olinguncha kelgan bo‘lsa yoki ushbu muddat ko‘rsatilmagan yoxud
talab qilish payti bilan belgilangan bo‘lsa, hisobga olish amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

236 — 258

313

340 — 344

346 — 352-moddalari
.
346-modda. Qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolganida majburiyatning bekor
bo‘lishi
Qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolganida majburiyat bekor bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

236 — 258
,
 340 — 345

347 — 352-moddalari
.
347-modda. Majburiyat yangilanishi bilan uning bekor bo‘lishi
Taraflar o‘z o‘rtalaridagi dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish
usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni yangilash) haqida
kelishib olsalar, majburiyat bekor bo‘ladi.
Hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash va alimentlarga nisbatan majburiyatlar
xususida yangilashni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar taraflarning kelishuviga muvofiq boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
majburiyatni yangilash dastlabki majburiyat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatlarni
bekor qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
742

1005 — 1016-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
V bo‘limi
.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin