O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqaro vafot etishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

351-modda. Fuqaro vafot etishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin bo‘lmasa yoki
majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, qarzdor
vafot etishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi.
Agar majburiyatni bajarish shaxsan kreditor uchun mo‘ljallangan yoki majburiyat
boshqacha tarzda kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, kreditor vafot etishi
bilan majburiyat bekor bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

36, 37

236 — 258

314

340 — 350

352-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 
305 — 309-moddalari
.
352-modda. Yuridik shaxs tugatilishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi, qonunchilik
bilan tugatilgan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan
(hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni to‘lash talabi va boshqa talablar bo‘yicha) hollar
bundan mustasno.
(352-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

53

1015-moddalari
.
2-kichik bo‘lim
ShARTNOMA TO‘G‘RISIDA UMUMIY QOIDALAR
26-BOB
ShARTNOMA TUShUNChASI VA ShARTLARI
353-modda. Shartnoma tushunchasi


Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish,
o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Shartnomalarga ushbu Kodeksning 
9-bobida 
nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama
bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning qoidalarida va ushbu
Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘g‘risida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning 
234-
352-moddalari
) qo‘llaniladi.
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday shartnomalarning
ko‘ptaraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
354 — 363-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin