O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Shartnomaning amal qilishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

357-modda. Shartnomaning amal qilishi
Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib
qoladi.
Taraflar o‘zlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzishidan oldin
vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar.
Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning
shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin.
Bunday shart yozib qo‘yilmagan shartnoma taraflar majburiyatni bajarishining
shartnomada belgilab qo‘yilgan oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan
ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353 — 356

358 — 363-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni 
13-moddasi
.


 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 
9-bandi
.
358-modda. Ommaviy shartnoma
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra
o‘ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‘lgan tovarlar sotish,
ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy
foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy
xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‘yadigan shartnoma ommaviy shartnoma
deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan
afzal ko‘rishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(358-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa
shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonunchilikda iste’molchilarning
ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno.
(358-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko‘rsatish, uning uchun
tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortganida ushbu Kodeks 377-
moddasining 
oltinchi
va 
yettinchi 
qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy
shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar (namunaviy
shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Ommaviy shartnomaning ushbu modda 
ikkinchi
va 
beshinchi
qismlari bilan belgilab
qo‘yilgan talablarga mos kelmaydigan shartlari haqiqiy emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353 — 357

359 — 363

425

558-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 26.05.2015-yildagi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida”gi Qonuni 
6-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1997-yildagi “Shahar yo‘lovchilar
transporti to‘g‘risida”gi Qonuni 
7-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 16.04.2009-yildagi “Ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 
6

15-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin