O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

355-modda. Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar
Shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa
muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma
bo‘ladi.
Shartnoma bo‘yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov
olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan


shartnoma hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikdan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol
anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
(355-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353, 354

356 — 363

502

617

898-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
Qonuni 
3-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarori 1-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
356-modda. Baho
Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq
to‘lanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari
belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni o‘zgartirishga qonunchilik yoki shartnomada
nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi.
(356-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Haq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma
shartlari bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun
o‘xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho
bo‘yicha haq to‘lanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353 — 355

357 — 363-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
19.08.1999-yildagi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz
kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 
6-
bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 
6-bandi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin