O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

38-modda. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:
1) tug‘ilish;
2) o‘lim;
3) nikoh tuzilganligi;
4) nikohdan ajralish.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish fuqarolik holati hujjatlarini yozish organlari
tomonidan fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish daftariga (hujjatlar daftariga) tegishli
yozuvlarni kiritish hamda shu yozuvlar asosida fuqarolarga guvohnomalar berish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsning
o‘zgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan fuqarolik
holati hujjatlarida ularga tegishli o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan ifodalanadi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son 
Qonuniga 
muvofiq
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini tuzatish va o‘zgartirish yetarli asoslar bo‘lsa hamda
manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmasa, fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi
tomonidan amalga oshiriladi.
Manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi
yozuvni tuzatish yoki o‘zgartirishni rad etsa, nizo sud tomonidan hal qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash fuqarolik holati hujjatlarini
yozish organi tomonidan, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolik holati
hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar bo‘lsa — sud qarori asosida amalga oshiriladi.
(38-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etuvchi organlar, bu hujjatlarni qayd etish tartibi, fuqarolik
holati hujjatlari yozuvlarini o‘zgartirish, tiklash va bekor qilish tartibi, hujjat daftarlari va
guvohnomalarning shakllari, shuningdek hujjatlar daftarlarini saqlash tartibi va muddatlarini
belgilovchi organlar qonunchilik bilan belgilanadi.
(38-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
1172

1173-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 
13

18
,
38

42

43

47

48

201 — 232-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 297-
moddasi 
ikkinchi qismi

308

309-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999-yildagi
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
14-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 12.06.2018-yildagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3785-sonli 
qarori
, Vazirlar Mahkamasining
14.11.2016-yildagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-
sonli 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi “Fuqarolik holati
dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan
qo‘llanishi haqida”gi 5a-sonli 
qarori
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin