Agar yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari), ular vakil qilgan organ yoki yuridik
shaxsning o‘z ta’sis hujjatlari bilan qayta tashkil etishga vakil qilingan
organi yuridik shaxsni
vakolatli davlat organining qarorida belgilangan muddatda qayta tashkil etmayotgan bo‘lsa,
sud mazkur davlat organining da’vosi bo‘yicha yuridik shaxsning boshqaruvchisini tayinlaydi va
unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil etishni topshiradi. Boshqaruvchi tayinlangan paytdan
boshlab unga yuridik shaxsning ishlarini boshqarish vakolatlari o‘tadi. Boshqaruvchi sudda
yuridik shaxs nomidan harakat qiladi, taqsimlash balansini tuzadi va uni yuridik shaxslarni qayta
tashkil etish natijasida vujudga keladigan ta’sis hujjatlari bilan birga ko‘rib chiqish uchun sudga
topshiradi. Sudning ushbu hujjatlarni tasdiqlashi yangidan
vujudga kelayotgan yuridik
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib
olish yoki
o‘zgartirish shaklida qaytadan tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina
amalga oshirilishi mumkin.
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish
hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga
kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
boshlab yuridik shaxs qayta
tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganida
qo‘shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning
yagona davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik
shaxs qayta tashkil etilgan
hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun
92-moddasi
ikkinchi qismi
, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning
45-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining 07.11.2019-yildagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni 48-
moddasining
birinchi — to‘rtinchi qismlari
.
Dostları ilə paylaş: