21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
50-modda. Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish
hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi , “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 93-moddasi to‘rtinchi qismi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 50-moddasi beshinchi qismi . Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shilganida, bu yuridik shaxsga qo‘shilgan yuridik
shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq o‘tadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi , “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 94-moddasi to‘rtinchi qismi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 51-moddasi to‘rtinchi qismi . Yuridik shaxs bo‘lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o‘tadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi , “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 95-moddasi to‘rtinchi qismi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 52-moddasi beshinchi qismi . Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil
etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga
o‘tadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi , “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 96-moddasi to‘rtinchi qismi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 53-moddasi beshinchi-oltinchi qismlari . Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy
shakli o‘zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish
hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
LexUZ sharhi
Qarang:mazkur Kodeksning 51-moddasi , “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 97-moddasi to‘rtinchi qismi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 54-moddasi to‘rtinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 12-moddasi .