1
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati
(2023- yil yanvar-mart)
1. Yalpi ichki mahsulot
Dastlabki
ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida
O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda
198 483,5
mlrd.
so‘mni
tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,5 % ga
o‘sdi.
Sanoat
tarmog‘ining o‘sishi 4,1 % ni tashkil etdi va YaIM o‘sishiga ijobiy
hissasi 1,1 f.p.ni tashkil etdi.
Qishloq,
o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi 3,2 % ni tashkil etdi va
YaIM
o‘sishiga ijobiy hissasi 0,4 f.p.ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining
o‘sishi 4,5 % ni tashkil etdi. Qurilish
tarmog‘ining YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,3 f.p.ni tashkil etdi.
Xizmat
ko‘rsatish sohasida o‘sish sur’ati 7,0 % ni tashkil etdi. Shundan
savdo, yashash va ovqatlanish
bo‘yicha xizmatlar 4,2 % ga, tashish va
saqlash, axborot va aloqa 12,8 % ga hamda boshqa xizmat sohalari 6,3 % ga
o‘sdi. Xizmat ko‘rsatish sohasining YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 3,1 f.p.ni
tashkil qildi.
Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi 6,5 % ga
o‘sdi va uning YaIM o‘sishiga
ijobiy hissasi 0,6 f.p.ni tashkil etdi.
2. Sanoat mahsuloti
2023- yil yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan
131,0 trln.
so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning shu
davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish indeksi 104,1 foizni
tashkil etdi.
Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta
ishlash sanoatining ulushi 81,1 foizni,
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni
ishlash sanoati 9,9 foizni, Elektr, gaz,
bug‘ bilan ta’minlash va havoni
konditsiyalash 8,5 foizni, suv bilan
ta’minlash; kanalizatsiya tizimi,
chiqindilarni
yig‘ish va utilizatsiya qilish 0,5 foizni ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi
o‘sishining asosiy omili, ishlab chiqaradigan
(qayta ishlash) sanoatda ishlab chiqarish hajmining
o‘tgan yilning shu davriga
nisbatan 4,3 foizga,
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati
korxonalarida ishlab chiqarish hajmining 2,0 foizga, suv bilan
ta’minlash;
kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni
yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati
korxonalarida ishlab chiqarish hajmining 4,6 foizga xamda elektr, gaz,
bug‘
bilan
ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati korxonalarida ishlab
chiqarish hajmining 5,4 foizga
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘payishi
bo‘ldi.
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (104,4 %) xamda metallurgiya
sanoati (102,9 %) ishlab chiqarish hajmining
o‘zgarishiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatdi. Shu bilan birga, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari
ishlab chiqarish hajmining
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (58,4 %),
Dostları ilə paylaş: |