O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati Turistik oqim



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix22.09.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#147060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Turistik oqim 2021

O‘zbekiston Respublikasining
 
ijtimoiy-iqtisodiy holati
 Turistik oqim
 
 
443
 
 
 
Erkaklar 
 
2021- yilda chet el erkaklari xizmat safari maqsadida asosan Rossiya (xizmat safari 
maqsadida kelgan erkaklar umumiy sonidan 25,7 % ni tashkil etganlar), Tojikiston
(12,8 %) va Qozog‘istondan (11,6 %) kelganlar. O‘qish uchun Afg‘oniston (o‘qish 
maqsadida kelganlarning umumiy sonidan 44,9 % ni tashkil etganlar), Pokiston (24,6 %) 
va Hindistondan (8,0 %) tashrif buyurishgan. Dam olish va bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish 
uchun erkaklar asosan Rossiya (16,8 %), Afg‘oniston (13,3 %) va Turkiyadan (12,4 %) 
kelganlar. 
Qarindoshlarini yo‘qlash uchun esa Qirg‘iz Respublikasi (34,2 %) Qozog‘iston 
(30,1 %) va Tojikiston (20,3 %) kabi qo‘shni mamlakatlardan kelishgan. Davolanish uchun 
ham ushbu davlatlardan, yaʼni Tojikiston (46,1 %), Qozog‘iston (37,6 %) va Qirg‘iz 
Respublikasidan (11,2 %) kelganlar. 
Tijorat maqsadida asosan Afg‘oniston (73,3%), Tojikiston (8,1 %) hamda 
AQSHdan (3,1 %) kelgan erkaklar bo‘lgan.
 


 O‘zbekiston Respublikasining
 
ijtimoiy-iqtisodiy holati
Turistik oqim
 
 
 
444
 
 
Ayollar 
Chet eldan kelgan ayollarni tahlil qilganda 2021- yilda xizmat safari maqsadida ular 
erkaklar kabi Rossiya (xizmat safari maqsadida kelgan jami ayollar sonidan 30,0 % ni 
tashkil etgan), Qozog‘iston (10,4 %) va Tojikistondan (5,3 %) kelganlar. O‘qish uchun 
Pokiston (28,6 %), Afg‘oniston (16,5 %) hamda Hindistondan (13,9 %) kelganlar. Bo‘sh 
vaqtlarini o‘tkazish va dam olish uchun ayollar Rossiya (26,9 %), Qozog‘iston (15,6 %) va 
Afg‘onistondan (9,8 %) kelgan. 
Davolanish va qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida ular, erkaklar kabi asosan 
Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va Tojikistondan kelganlar. Xususan, qarindoshlarini 
yo‘qlash maqsadida kelgan ayollarning jami sonidan 44,9 % i Qirg‘iziston, 35,2 % i 
Qozog‘iston va 11,4 % i Tojikistondan tashrif buyurganlar tashkil etgan. Davolanishga esa 
asosan ayollar Qozog‘iston (46,6%), Tojikiston (35,7%) va Qirg‘iziston Respublikasidan 
(15,0%) kelganlar. 
Tijorat maqsadida esa asosiy oqim Afg‘oniston (52,2 %), Tojikiston (17,2 %) 
hamda Hindistondan (5,3 %) kelgan. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin