O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy holati
Turistik oqim
442
2020- yilning shu davrida
esa
kelgan
erkaklar
soni
765,42
ming kishini, ayollar
738,71 ming kishini tashkil etdi.
O‘zbekistonga
kelgan erkaklar
va
ayollar
sonining
tahlili
shuni
ko‘rsatadiki, 2018- yilda jami kelganlar
sonining 47,1 % ini erkaklar, 52,9 % ini
ayollar tashkil etgan. 2019-
yilda ham
xorijdan tashrif buyurgan fuqarolarning
jami
sonida
erkaklarga
nisbatan
ayollarning ulushi ko‘proqligini kuzatish
mumkin (erkaklar – 47,7 %, ayollar –
52,3 %).
2020- yildan esa, chet eldan kelgan erkaklar soni ko‘payishni boshladi. 2020- yilda
erkaklar 2021- yildagi kabi 50,9 % ni, ayollar esa 49,1 % ni tashkil etdi.
Xorij davlatlaridan kelgan chet el fuqarolarining jinsi va
safar maqsadlari bo‘yicha soni
(2021- yil yanvar–dekabr, ming kishi)
O‘zbekistonga 2021- yilda chet el erkaklari asosan
Qirg‘iz Respublikasidan – 28,1 % (kelgan
erkaklarning
umumiy sonidan), Qozog‘istondan – 26,3 %, Tojikistondan
– 18,9 %, Rossiyadan – 12 %, Turkiyadan – 4 % va boshqa
davlatlardan – 10,8 % kelgan.
O‘z
o‘rnida,
ayollarning
asosiy
qismi
Qirg‘iz
Respublikasidan –
41,5 %, Qozog‘istondan – 34,0 %, Tojikistondan – 11,6 %, Rossiyadan –
8,2 %, Afg‘onistondan – 0,9 % va boshqa mamlakatlardan – 3,8 % kelgan.