O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
constitution oz

82-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o‘z 
vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari 
Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan 
qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
83-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat 
hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh 
prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun 
loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali 
amalga oshiriladi. 
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
84-modda.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda 
rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunining 
5-
bobi 
(«Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish, ularning kuchga kirishi va amal qilishi»). 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul 
qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va 
e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va 
e’lon qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi. 
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni 
qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan 


iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun 
yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv 
komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun 
odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. 
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. 
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular 
qo‘llanilishining majburiy shartidir. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin