XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari 99-modda. Oldingi tahrirga qarang. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari)
hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari
bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni
hal etadilar.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 35-son, 914-modda) 100-modda. Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni
belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang. 101-modda. Mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini
amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda
qatnashadilar.
Yuqori organlarning o‘zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi
organlar ijro etishi uchun majburiydir.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati — 5 yil.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) Oldingi tahrirga qarang.