(93-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi
O‘RQ-284-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
(93-moddaning birinchi qismi 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 maydagi
O‘RQ-430-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 22-son, 406-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar
va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi
raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;
(93-moddaning birinchi qismi 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi
O‘RQ-426-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
15) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini
hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi.
Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-
harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod
etishga haqli;
(93-modda birinchi qismining 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi
O‘RQ-284-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan
hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor
qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
(93-modda birinchi qismining 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi
O‘RQ-366-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z
e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa
qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati
e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining tasdig‘iga kiritadi;
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy
ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab,
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy
etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan
belgilanadi;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti
to‘g‘risida»gi Qonunning
24-moddasiga
va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonunning
26-moddasiga
qarang.
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi,
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy
unvonlar beradi;
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi,
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid
masalalarni hal etadi;
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari
tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
24) Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik
shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga
kiritadi;
(93-modda birinchi qismining 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi
O‘RQ-366-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga
topshirishga haqli emas.
(93-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son
Qonuni
tahririda —
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)
Dostları ilə paylaş: |