O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
constitution oz

87-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini 
tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni 
dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda 
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‘z 
vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo‘mitalarni saylaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan 
masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 
hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‘z 
vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo‘mitalarni saylaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat 
bo‘lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan 
komissiyalar tuzadi. 
88-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati 
a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan 
tartibda qoplanadi. 
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari 
o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi 
faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati 
a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning 
roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida 
beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati to‘g‘risida batafsil 
ma’lumot olish uchun 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»
gi va 
«O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»
gi qonunlarga qarang. 


(XVIII bob O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — 
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y.,3-4-son, 27-modda) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin