4) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va
bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul
qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch
va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik
va boshqa vakillarini
tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga
oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
(93-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi
O‘RQ-366-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini
ta’minlaydi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu
masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining palatalari
tasdig‘iga kiritadi;
(93-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi
O‘RQ-366-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga taqdim etadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib
chiqishi va tasdiqlashi
uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni iste’foga
chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollarda lavozimidan ozod qiladi;
(93-modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi
O‘RQ-366-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;
Oldingi
tahrirga qarang.
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi
raisini tayinlaydi va
ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
Dostları ilə paylaş: