O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


-modda.  Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.  51-modda



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
constitution oz

50-modda. 
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 
51-modda. 
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga 
majburdirlar. 
52-modda. 
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir 
fuqarosining burchidir. Fuqarolar 
qonunda 
belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni 
o‘tashga majburdirlar. 
UCHINCHI BO‘LIM. JAMIYAT VA SHAXS
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari 
53-modda. 


Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini 
xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga 
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor 
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
199

202—204-moddalariga
 qarang. 
54-modda. 
Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. 
Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va 
davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 
55-modda. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy 
zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir. 
XIII bob. Jamoat birlashmalari 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin