Siyosiy partiyalarda,
jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda,
shuningdek
hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning
huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.
35-modda.
Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda
vakolatli davlat organlariga,
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan
murojaat qilish huquqiga
ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar
qonunda
belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib
chiqilishi shart.
Dostları ilə paylaş: