O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Oldingi
 tahrirga qarang.
89-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
(89-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ-89-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R
QHT, 2007-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
90-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat
tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim
yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki
muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan
umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil
muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan
belgilanadi.
(90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi O‘RQ-305-sonli
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 343-modda)
91-modda.
Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi,
vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.


Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
92-modda.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan
paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va
qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali
qasamyod qilaman”.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin