O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

82-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o‘z vakolatlariga
kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik
palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu
Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
83-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat
hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)
84-modda.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda
rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan
qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon
qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon
qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta
ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan
Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi
mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib
chiqilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki
qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular
qo‘llanilishining majburiy shartidir.

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin