ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasining hududida boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar kiradi.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining vakolatlari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;
ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish va shu bilan birga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar kiradi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari quyidagilar:
ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlash;
o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilash;
ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasida ta’lim muassasasini boshqarish masalasi yoritib berilgan bo‘lib unda ta’lim muassasasini uning rahbari boshqarishi, ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Qonunning 29-moddasida ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib unda:
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishi;
nodavlat ta’lim muassasalari “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yishga haqli ekanligi;
nodavlat ta’lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshirilishi qayd etilgan.