O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlari


Dasturda kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish uch bosqichga bo‘lingan bo‘lib, bu bosqichlar



Yüklə 105 Kb.
səhifə6/8
tarix02.06.2023
ölçüsü105 Kb.
#122216
1   2   3   4   5   6   7   8
Azizbek

Dasturda kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish uch bosqichga bo‘lingan bo‘lib, bu bosqichlar:
Birinchi bosqich (1997 - 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish belgilangan.
Mazkur andozada shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti sifatida, uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olish orqali barkamol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli va ilmli bo‘lishi natijasida Vatan ravnaqiga munosib ulush qo‘shadigan, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan, millatlararo totuvlik va yurt tinchligini saqlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi kasbdoshlari bilan ijtimoiy hamkorlikni amalga oshiradigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat orqali mustaqillik prinsiplariga sodiqligini ta’minlash nazarda tutilgan.
Davlat va jamiyat – uzluksiz ta’lim tizimi oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy- texnika bazasini yaxshilash barobarida, kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish, ehtiyojga muvofiq kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimi - o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarga muvofiq malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi sanalib, ta’limning barcha turlari uchun davlat ta’lim standartlari, ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishning uslubiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash tizimi me’yoriy asoslari va faoliyat ko‘rsatish muhitini yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning o‘rni beqiyos bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirishga zamin tayyorlaydigan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni ta’lim-tarbiya jarayoni va ishlab chiqarishga tatbiq etishni ta’minlashi zarur.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin