6-modda. Xo‘jalik shirkati ishtirokchilarining huquqlari Xo‘jalik shirkati ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
xo‘jalik shirkatining ishlarini boshqarishda qatnashish, ushbu Qonun 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
xo‘jalik shirkatining faoliyati to‘g‘risida axborot olish, ta’sis shartnomasida belgilangan tartibda buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
Oldingitahrirga qarang. xo‘jalik shirkati tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda olish.
(6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga qarang. Oldingitahrirga qarang. Xo‘jalik shirkatining ishtirokchilari qonunchilikda va shirkatning ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 7-modda. Xo‘jalik shirkati ishtirokchilarining majburiyatlari Xo‘jalik shirkatining ishtirokchilari:
ushbu Qonun va ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda, miqdorlarda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari;
LexUZ sharhi Batafsil ma’lumot uchun mazkur Qonunning 9va 10-moddalarigaqarang. xo‘jalik shirkatining faoliyati to‘g‘risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Oldingitahrirga qarang. Xo‘jalik shirkatining ishtirokchilari zimmasida qonunchilikda va shirkatning ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xo‘jalik shirkati ishtirokchisi ushbu Qonunda va ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagani oqibatida shirkatga yoki uning ishtirokchilariga zarar yetkazgan taqdirda boshqa ishtirokchilar zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqlidirlar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.03 To‘liq shirkat]