Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq davri. Hisobot davri



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

338-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
(1-q.)
Kalendar yil soliq davridir. 
(2-q.)
Yilning choragi hisobot davridir. 
339-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va 
soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
(1-q.)
Hisobot (soliq) davrining yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan 
mustaqil ravishda aniqlanadi. 
(2-q.)
Hisobot davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib 
boruvchi yakun bilan, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq 
bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 342-moddasida belgilangan hollarda va tartibda 
foyda soligʻini yoki chet davlatda toʻlangan daromadlardan olinadigan xuddi shunday turdagi 
toʻlangan soliqni hisobga oʻtkazish yoʻli bilan soliq summasini kamaytirishga haqli. 
(4-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq hisoboti barcha 
soliq toʻlovchilar tomonidan har bir hisobot va soliq davri oʻtganidan keyin soliq boʻyicha hisobda 
turgan joyidagi soliq organiga taqdim etiladi. 
(5-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq hisoboti quyidagi 
muddatlarda taqdim etiladi: 
1) hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan 
kechiktirmay; 


2) soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1-martidan 
kechiktirmay. 
(6-q.)
Budjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq boʻyicha soliq 
hisoboti soliq davri yakunlariga koʻra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. 
Bunda oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha jami daromad mavjud boʻlmagan taqdirda soliq 
hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin