joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni ham
(ixtiyoriy shaklda) taqdim etadi.
(3-q.)
Doimiy muassasaning faoliyati soliq davri tugaguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq
boʻyicha soliq hisoboti va Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi
hisobot faoliyat
tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
(4-q.)
Soliqni toʻlash ushbu Kodeksning 340-moddasida nazarda tutilgan tartibda umumiy
asoslarda amalga oshiriladi.
(5-q.)
Norezident Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasa orqali faoliyatini
tugatganda soliq bunday faoliyat tugaguniga qadar toʻlanadi.
350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab
qolingan soliqni hisobga olish tartibi
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan
doimiy muassasa belgilariga
javob beradigan faoliyatdan, doimiy muassasa sifatida soliq organida hisobga qoʻyishga
qadar
olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan tartibda soliq agentida soliq
solinishi lozim. Bunda soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliq
norezident soliq organida
doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganidan keyin soliq majburiyatlarini qoplash hisobiga
hisobga olinishi lozim.
(2-q.)
Mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisobga olish soliq agenti tomonidan
soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: