(1-q.)
Dividendlar va foizlar tarzida daromadlar toʻlovchi yuridik shaxslar ushbu Kodeks
343-moddasining birinchi va 344-moddasining ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq
agentlari deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan
yuridik
va (yoki) jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga nisbatan
har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida soliq summasini ushbu Kodeks 337-moddasining birinchi
qismi 11-bandida yoki 381-moddasida nazarda tutilgan soliq stavkalari boʻyicha koʻrsatilgan
daromadlarni ushbu moddada belgilangan tartibda har bir toʻlovga tatbiqan belgilaydi.
(3-q.)
Dividendlar oluvchi soliq toʻlovchining daromadlaridan
ushlab qolinadigan soliq
summasini aniqlashda soliq bazasi har bir oluvchiga nisbatan soliq agenti tomonidan shu oluvchiga
toʻgʻri keladigan soliq solinadigan dividendlar jami summasining ulushi sifatida aniqlanadi.
Dividendlarning soliq solinishi lozim boʻlgan bunday jami summasi yuridik shaxs tomonidan
barcha oluvchilarning foydasiga taqsimlanishi lozim boʻlgan, ushbu yuridik shaxs tomonidan joriy
hisobot (soliq) davrida va oʻtgan hisobotda (soliq davrlarida) olingan dividendlarni dividendlarni
oluvchilar foydasiga taqsimlash sanasidagi dividendlar umumiy
summasiga kamaytirilgan
dividendlarning umumiy summasi sifatida aniqlanadi. Bunda taqsimlanadigan dividendlarning
umumiy summasini ushbu yuridik shaxs tomonidan olingan dividendlar summasiga kamaytirish,
basharti ushbu olingan dividendlar summasi avval ushbu yuridik shaxsning
dividendlar tarzida
olingan daromadlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa, amalga
oshiriladi.
(4-q.)
Soliq agenti ushbu Kodeks 344-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan foiz
tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq summasini, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan
tartibga aynan oʻxshash tartibda aniqlaydi.
(5-q.)
Dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti oʻzining
soliq hisobiga olingan joyidagi soliq organiga dividendlar va foizlar hisoblangan oydan keyingi
oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay soliq agentlari tomonidan taqdim etiladi.
(6-q.)
Soliq summasi dividendlarni va foizlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay budjetga
toʻlanadi.
(7-q.)
Soliq agenti dividendlar va foizlarni oluvchining talabiga koʻra, ushbu shaxsga soliq
davri uchun daromad summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnoma taqdim etishi shart.
Dostları ilə paylaş: