Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

357-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari boʻyicha soliq solishdan ozod qilishning 
yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllashning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi (bitimi) qoidalarini qoʻllashning 
ushbu moddada belgilangan tartibi norezidentning ushbu Kodeksning 351-moddasida nazarda 
tutilgan daromadlariga nisbatan tatbiq etiladi. 
(2-q.)
Soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar 
daromad oluvchi norezident Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan 
davlatning soliq rezidenti boʻlsa, mustaqil ravishda qoʻllash huquqiga ega. 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari daromad oluvchi 
tomonidan soliq agentiga soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat daromadni toʻlash sanasidan 
kechiktirmay taqdim etilishi sharti bilan qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Daromadlar norezidentga dividendlar, foizlar va (yoki) royalti tarzida toʻlanganda, 
basharti norezident ushbu daromadlarga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega boʻlsa, soliq agenti 
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va ushbu Kodeksning 6-moddasida 
belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq 
stavkasini qoʻllaydi. Soliq agenti norezidentdan ushbu norezident tegishli daromadni olishga 
boʻlgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasini soʻrab olishga haqli. 
(5-q.)
Daromadlarni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan norezidentga ushbu 
moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlarni vositachi orqali toʻlashda soliq agenti 
daromadning bunday haqiqiy oluvchisi rezidenti boʻlgan davlat bilan tuzilgan Oʻzbekiston 


Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki 
norezident tomonidan daromadlarni toʻlashga asos boʻladigan qoʻshimcha shartnoma (kontrakt) 
va boshqa hujjatlar vositachi orqali haqiqiy oluvchi boʻlgan har bir shaxs boʻyicha daromad 
summasi aks ettirilganda uning pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli. Bunday hujjatlar 
quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: 
1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismini (agar ular shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa) yoki yuridik shaxsning nomini;
2) rezidentlik mamlakatida soliq roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini yoki shunga monand 
hujjat raqamini (mavjud boʻlgan taqdirda); 
3) rezidentlik mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini (yoki shunga monand 
hujjat raqamini).
(6-q.)
Soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlab qolingan soliq budjetga toʻlangan taqdirda, 
daromadning haqiqiy oluvchisi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga 
muvofiq uni qaytarib olish huquqiga ega. Ortiqcha ushlab qolingan soliqni norezidentga qaytarish 
ushbu Kodeksning 12-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
(7-q.)
Norezident tomonidan bitta yoki aloqador loyihalar doirasida xizmatlar koʻrsatishdan 
daromad olingan taqdirda, mazkur soliq agenti uchun ushbu moddani qoʻllash maqsadida soliq 
agenti norezident tomonidan doimiy muassasa tashkil etilganligi faktini aniqlaydi, shu jumladan 
xizmatlar koʻrsatish shartnomasi (kontrakti) asosida aniqlaydi. Norezident tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasida doimiy muassasa tuzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, soliq organi Oʻzbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalarini norezidentlarning daromadlarini soliq solishdan 
ozod etish qismi boʻyicha qoʻllashga haqli emas.
(8-q.)
Soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari 
qoʻllanilmagan taqdirda, soliq agenti ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlov 
manbaidan soliqni ushlab qolishi hamda oʻtkazishi shart. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin