Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

53-BOB. JAMI DAROMAD 
368-modda. Jami daromad 
369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar 
370-modda. Jami daromadning tarkibi 
371-modda. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar 
372-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar 
373-modda. Kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya) 
374-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash 
375-modda. Mulkiy daromadlar 
376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar 
377-modda. Boshqa daromadlar 


368-modda. Jami daromad 
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jami daromad soliq 
toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil 
topadi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasidagi va 
uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan; 
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasidagi 
manbalardan olingan daromadlardan.
369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar 
(1-q.)
Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor 
boʻlgan soliq toʻlovchi olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi 
esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul 
mukofoti va sovgʻalar; 
2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari 
tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar; 
3) olingan alimentlar
4) fuqarolar tomonidan olinadigan sugʻurta tovoni summalari;
5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda toʻlanadigan stipendiyalar; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik 
kompensatsiya pul toʻlovlari; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno; 
(OʻzR 
09.11.2020-y. OʻRQ-646-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
8) majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari, ular boʻyicha foizli daromadlar, 
shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari. 
9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat 
faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi oliy 
taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini tashkil etishdan va boshqa 
taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari; 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son 
Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
10) Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik 
shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha daromadlar. 
(2-q.)
Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs 
foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq toʻlovchining daromadi sifatida 
qaralmaydi: 
1) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni qonunchilikda 
belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya 
va gigiyena vositalari bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlari; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi band) 
2) kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar, shu jumladan 
aʼzolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi aʼzolariga beriladigan moddiy yordam, bundan 
kasaba uyushmasi qoʻmitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan 
pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar mustasno; 


3) favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida beriladigan 
moddiy yordam summalari; 
4) xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish boʻyicha xarajatlari; 
5) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini oʻtkazish, vakillik xarajatlari, 
shahar yoʻlovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yoʻl 
kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish 
sharoitlarini taʼminlash bilan bogʻliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi 
hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari
6) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus 
poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish 
munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim 
toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash 
boʻyicha xarajatlar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
7) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini 
koʻchirib borishga, joy ijarasiga (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) oid xarajatlarni toʻlash 
yoki bu xarajatlarning oʻrnini qoplash xarajatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan budjet 
tashkilotlariga oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki magistraturani 
tamomlagandan soʻng uch yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va 
borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy 
poliklinikalarga hamda taʼlim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududlarda 
yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga toʻlanadigan boshlangʻich yordam 
puli; 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
8) xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya toʻlovlari: 
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, 
shu jumladan joy band qilish uchun haq toʻlashni qoʻshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan 
toʻlovlar. Yoʻl hujjatlari boʻlmagan taqdirda, temir yoʻl transportidagi (agar temir yoʻl qatnovi 
boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 
foizidan oshmaydigan miqdorda; 
uy-joyni ijaraga olish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yashaganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan normalar doirasida; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun toʻlovlar; 
qonunchilikda belgilangan normalar doirasida xizmat safarida boʻlingan vaqt uchun 
toʻlanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) 
qonunchilikda belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa toʻlovlar; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
9) qonunchilikda nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga toʻlanadigan kompensatsiya 
toʻlovlari (kompensatsiyalar): 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan, 
shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya toʻlovlari 
(kompensatsiyalar); 
xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari 
(kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno; 
dala taʼminoti; 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin 
boʻlgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari 
orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan soʻng uch yil ichida ishga qabul 
qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan 
oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda taʼlim muassasalariga ishga 
qabul qilingan, boshqa hududda yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga uy-


joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasi; 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan xatboshi) 
OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshisi oltinchi 
xatboshi deb hisoblansin 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va normalar boʻyicha boshqa kompensatsiya 
toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 373 va 377-moddalarida koʻrsatilganlari 
mustasno; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
10) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan 
bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar: 
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz 
hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan 
har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlib qolgan taqdirda, zararning 
oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan 
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda 
qoplanadi); 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʻshimcha xarajatlar uchun oyiga 
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi toʻlovlar; 
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tariqasida har oyda 
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi toʻlovlar; 
xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir 
yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʻrtacha ish haqi miqdoridagi 
toʻlovlar; 
11) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar: 
marhumning oʻrtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning 
vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʻgʻri 
keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar; 
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir 
yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari 
miqdoridagi toʻlovlar; 
12) oʻquvchilar va talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining 
professional va oliy taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha pulli-
kontrakt asosida oʻtkaziladigan mablagʻlar; 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuni 
tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
12-1) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va 
maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy koʻmakka muhtoj 
oilalarning isteʼdodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus kontingentdagi 
tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlari; 
(OʻzR 26.07.2022-
y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
13) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari. 
14) soliq toʻlovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga 
qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish 
faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki 
natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar boʻyicha olingan pul va natura shaklidagi 
daromadlari. Daromadlar soliq toʻlovchining jami daromadiga quyidagi hollarda qoʻshiladi: 
soliq toʻlovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan dasturlarda ishtirok 
etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda; 
soliq toʻlovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan mamlakatimizdagi va chet 
el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati oʻttiz kundan kam va (yoki) ularda 


ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi 
ochiq ofertaga qoʻshilganda; 
ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan tashkilotchi bilan lavozim 
majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida boʻlgan, shuningdek soliq toʻlovchi 
tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar koʻrsatganlik) uchun haq 
(mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi toʻlov shaklidagi daromad toʻlanganda; 
15) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya 
jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa 
jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilgan yordam: 
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar; 
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironligi boʻlgan shaxslarni profilaktika va 
reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish
(OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-770-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) 
jismoniy shaxsning manfaatlarini koʻzlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan 
olish; 
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qoʻllab-quvvatlash (bundan pul shaklida qoʻllab-
quvvatlash mustasno); 
(OʻzR 09.11.2020-y. OʻRQ-646-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
16) soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok etishi 
natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul toʻlovlaridan iborat daromadlari. 
(OʻzR 
14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin