Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

361-modda. Soliq solishda hisobga 
olinmaydigan daromadlar 
Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi: 
1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik 
qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli 
boʻlgan koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
soligʻi solinishi lozim boʻlgan daromadlari
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hamda yakka tartibdagi tadbirkor 
foyda soligʻini toʻlashga oʻtguniga qadar aylanmadan soliqni toʻlash davrida tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar. 
362-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va 
soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
(1-q.)
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq summasi yakka tartibdagi tadbirkor 
tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi. 
(2-q.)
Hisobot davri yakunlari boʻyicha soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha 
qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizli ulushi 
sifatida soliq davri boshlanishidan eʼtiboran oshib boruvchi yakun tarzida hisoblab chiqariladi.


(3-q.)
Soliq hisoboti yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan har bir hisobot va soliq davri 
oʻtganidan keyin, soliq solinadigan obyektlar mavjudligi yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, 
soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi. 
(4-q.)
Soliq hisoboti yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan quyidagi muddatlarda taqdim 
etiladi: 
hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi kunidan 
kechiktirmay; 
soliq davri yakunlari boʻyicha - oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 1-martidan 
kechiktirmay. 
363-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
Soliqni toʻlash ushbu Kodeksning 340-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin