3) mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni bajarishda olingan daromadlar toʻlanadigan
boʻlsa, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida bunday daromadlarni soliq solishdan
ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
4) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan xalqaro shartnomalariga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinmaydigan daromadlar toʻlanadigan boʻlsa, basharti tegishli
daromadni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan norezident tomonidan soliq agentiga ushbu
Kodeksning 358-moddasida nazarda tutilgan tasdiqnoma taqdim etilgan boʻlsa.
(5-q.)
Norezidentga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan
xalqaro shartnomasiga
muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha soliq solinadigan
daromadlar toʻlangan taqdirda, daromadlardan soliq summasini hisoblab chiqarish va ushlab
qolish norezident tomonidan soliq agentiga ushbu Kodeksning 358-moddasida
nazarda tutilgan
tasdiqnoma taqdim etilishi sharti bilan tegishli kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha amalga
oshiriladi. Ushbu qism qoidalari mazkur Kodeksning 6-moddasi qoidalari hisobga olingan holda
qoʻllaniladi.
(6-q.)
Daromadni toʻlash deganda, norezidentga bunday toʻlash amalga oshiriladigan
joyidan qatʼi nazar, quyidagilar tushuniladi, xususan:
1) naqd pul va (yoki)
naqd pulsiz shaklda pullarni, qimmatli qogʻozlarni, ishtirok etish
ulushini, tovarlarni, mol-mulkni berish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga nisbatan
tuziladigan bitimlar
(voz kechish haqi, bir turdagi qarama-qarshi talabnomani hisobga oʻtkazish, talab qilish huquqidan
boshqa shaxs foydasiga voz kechish chogʻida hisobga oʻtkazish, novatsiya, qarzdan kechib
yuborish);
3) bajarishning imkoni boʻlmaganligi yoki qarzdor va kreditor ayni bir shaxs ekanligi tufayli
daromadni toʻlash majburiyatining tugashi.
(7-q.)
Agar daromad pulsiz shaklda yoki oʻzaro hisobga oʻtkazishlar orqali toʻlansa,
shuningdek agar ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliq summasi norezidentning pul shaklida
olinadigan daromadi summasidan ortiq boʻlsa, agar ushbu moddaning oʻn
ikkinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti soliqni norezidentning pulsiz shaklda
olinadigan daromadini tegishli tarzda hisoblab chiqarilgan summada budjetga toʻlashi shart.
(8-q.)
Norezidentning daromadlariga soliq solish mazkur norezident tomonidan oʻz
daromadlarini uchinchi shaxslarning, boshqa davlatlardagi oʻz boʻlinmalarining foydasiga va
boshqa maqsadlarda tasarruf etishdan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
(9-q.)
Sugʻurta mukofotlaridan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarning toʻlangan
summalari sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(10-q.)
Sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda sugʻurta toʻlovlari oʻzidan soliq agenti tomonidan
soliq ushlab qolingan va toʻlangan sugʻurtalovchi boʻlgan norezidentning
daromadlarini
kamaytirish uchun hisobga oʻtkazishga qabul qilinadi. Mazkur qayta hisoblash norezidentga
daromadni toʻlagan va daromadni toʻlash chogʻida soliqni ushlab qolgan soliq agenti tomonidan
amalga oshirilishi mumkin.
(11-q.)
Soliq summasi ushlab qolinmaganda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari qoidalari gʻayriqonuniy ravishda qoʻllanilganda, bu soliqning ushlab qolinmasligiga
yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlsa, soliq agenti ushlab qolinmagan soliq summasini
va tegishli penya summasini budjetga kiritishi shart.
(12-q.)
Soliq agenti tomonidan ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq norezidentning
daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻz mablagʻlari
hisobidan uni ushlab
qolmagan holda toʻlangan taqdirda, soliq agentining soliqni ushlab qolish va oʻtkazish boʻyicha
majburiyati bajarilgan deb eʼtirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: