Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

348-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash 
(1-q.)
Soliq bazasini aniqlash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatdan doimiy 
muassasa orqali soliq solinadigan daromadlar olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, ular 
Oʻzbekiston Respublikasida yoki uning hududidan tashqarida qilinganidan qatʼi nazar, doimiy 
muassasaning chegirmalari jumlasiga kiritiladi, bundan ushbu Kodeksga muvofiq chegirib 
tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga oʻzining doimiy muassasasi tomonidan 
toʻlanadigan quyidagi koʻrinishdagi summalar ham chegirilmaydi: 


1) ushbu norezidentning mulkidan yoki intellektual mulkidan foydalanganlik yoki 
foydalanish huquqini berganlik uchun royalti, gonorarlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar; 
2) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga koʻrsatilgan xizmatlar uchun xarajatlar
3) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga berilgan zayomlar boʻyicha pul 
mukofotlari; 
4) ushbu norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali 
faoliyatidan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar
5) ushbu norezidentning mazkur moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan, Oʻzbekiston 
Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan 
boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari. 
(3-q.)
Agar qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi qoidalariga koʻra 
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining soliq solinadigan daromadini 
aniqlashda shu norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini chegirib 
tashlashga yoʻl qoʻyilsa, bunday xarajatlar summasi shunday norezident tomonidan oʻz tanloviga 
binoan quyidagi usullardan biri boʻyicha aniqlanadi: 
1) xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli
2) xarajatlarni chegirmalarga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) kiritish usuli. 
(4-q.)
Ushbu modda uchinchi qismining maqsadida ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq 
boʻlmagan boshqaruv va boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar 
boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu norezidentning 
boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi: 
1) norezidentning bevosita doimiy muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yoki 
norezidentning vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Kodeksga muvofiq 
chegirmalar jumlasiga kiritiladigan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari
2) norezidentning bevosita vakolatxonasi yoki doimiy muassasalari tomonidan boshqa 
davlatlarda qilingan, Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan 
doimiy muassasasining faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy 
xarajatlari; 
3) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan 
bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar. 
(5-q.)
Norezident hisobot (soliq) davri mobaynida oʻz tanloviga koʻra boshqaruvga oid va 
umummaʼmuriy xarajatlarni soliq hisobotiga ilovada koʻrsatiladigan doimiy muassasaning 
chegirmalariga kiritish usullaridan faqat bittasini qoʻllaydi. 
(6-q.)
Norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari Oʻzbekiston 
Respublikasidagi doimiy muassasaning chegirmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni 
tahriridagi qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin