Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari boʻyicha



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari boʻyicha 
zararlarni oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Yuridik shaxsning mol-mulk majmui sifatidagi korxonani ustav fondida (ustav 
kapitalida) ishtirok etish ulushini realizatsiya qilishdan yoki uning boshqacha tarzda chiqib 
ketishidan koʻrilgan zarar realizatsiya qilingan (chiqib ketgan) aktivlarga aynan oʻxshash 
aktivlarni realizatsiya qilishdan (ularning chiqib ketishidan) olingan daromadlar hisobidan 
kompensatsiya qilinadi. 


(2-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha koʻrilgan zararlar ishonchli boshqaruv 
muassisining soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli 
boshqaruvning kelgusidagi daromadlariga oʻtkaziladi. 
(3-q.)
Oddiy shirkat shartnomasida (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomada) ishtirok 
etishdan sheriklarning (ishtirokchilarning) olgan zarari ishonchli shaxsda ushbu oddiy shirkat 
oladigan kelgusi daromadlarga oʻtkaziladi. 
(4-q.)
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan koʻrilgan zararlar birgalikda aniqlanadi va 
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar 
shu xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan kelgusi daromadlarga oʻtkaziladi. 
(5-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar va muddatli bitimlarning muomalada 
boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar alohida aniqlanadi va xuddi 
shunday operatsiyalardan olingan daromadlar hisobidan har bir soliq bazasi doirasida 
kompensatsiya qilinadi. 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga 
muvofiq oltinchi qism chiqarib tashlangan 
(6-q.) Soliq toʻlovchi ushbu moddada nazarda tutilgan zararlarni ular koʻrilgan soliq 
davridan keyingi oʻn yil mobaynida kelgusiga oʻtkazishni amalga oshirishga haqli. Bunda ushbu 
Kodeks 333-moddasining oltinchi qismida koʻrsatilgan cheklov bunday zararlarga nisbatan tatbiq 
etilmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin