Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

422-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri 
(1-q.)
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 
T/r 
Soliq solish obyektlari 
Soliq stavkalari, foizlarda 


1. 
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 
200 kv.m gacha boʻlganlarini qoʻshib hisoblaganda), koʻp 
kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, 
shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar 
0,28 
2. 
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni: 
200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha boʻlgan 
0,37 
500 kv.m dan ortiq boʻlgan 
0,49 
3. 
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m 
dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari 
0,37 
4. 
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka 
tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq 
solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) 
daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari 
1,5 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga 
oshiruvchi organlar tomonidan roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq 
stavkasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi 
organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki 
baravar miqdorida qoʻllaniladi. 
(3-q.)
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va 
Toshkent shahar Kengashlari oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan oraliqdagi 
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli. 
(4-q.)
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir 
vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu 
modda birinchi qismining 1-3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi. 
(5-q.)
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan 
obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-
son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
Beshinchi qismning qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga 
muvofiq oltinchi qismi chiqarib tashlangan 
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
(6-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun 
moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan 
qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan yuridik shaxslar uchun nazarda 
tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 


OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq yettinchi qismi oltinchi qism deb 
hisoblansin 
(6-q.)
Kalendar yil soliq davridir. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin