Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

423-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi 
(1-q.)
Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchining yashash joyidan qatʼi nazar, soliq solish 
obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat 
roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Soliq summasi mol-mulkning 1-yanvardagi holatiga koʻra boʻlgan kadastr qiymatidan 
va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
(3-q.)
Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki boʻlgan imoratlar, binolar va 
inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va 
inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi. 
(4-q.)
Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga 
oʻtgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan eʼtiboran u mol-
mulkka boʻlgan mulk huquqini yoʻqotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan 
esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
(5-q.)
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan 
oydan eʼtiboran toʻlanadi. 
(6-q.)
Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun soliq merosxoʻrda mulk huquqi vujudga 
kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi. 
(7-q.)
Soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan taqdirda, 
soliqni undirish mol-mulk yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan oydan eʼtiboran 
tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki 
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik 
yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, amalga oshiriladi. 
(8-q.)
Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga boʻlgan huquq vujudga kelgan (tugagan) 
taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan eʼtiboran 
amalga oshiriladi.
(9-q.)
Soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq 
toʻlovchilarga imzo qoʻydirilgan holda yoki toʻlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani 
tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.
(10-q.)
Soliq davri uchun soliqni toʻlash teng ulushlarda 15-aprelga va 15-oktyabrga qadar 
amalga oshiriladi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin