Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi, nogironligi boʻlgan
shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish
ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar
berish uchun asos boʻladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - qayta tiklanadigan energiya
manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz energiya resurslarining
amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida
beriladi.
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari, bundan 5-bandda
koʻrsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun
berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi
organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq
toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu modda
birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan shaxslar mustasno.
(3-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq
imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq
organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: