433-modda. Soliq toʻlovchilar
(1-q.)
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga
ega boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi
dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini soliq toʻlovchilari (bundan buyon
ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida
berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer
uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer
soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab
chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
(OʻzR 06.06.2022-y. OʻRQ-775-son Qonuni tahriridagi
qism)
(3-q.)
Uy-joy, yashash uchun moʻljallanmagan imoratlar va inshootlar meros boʻyicha
oʻtishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan yer uchastkalari
uchun yer soligʻi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda
merosxoʻrlardan undiriladi.
Dostları ilə paylaş: