(8-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga ixtiyoriy ravishda oʻtgan soliq
toʻlovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari boʻyicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olgan jami daromadlari bir milliard soʻmdan oshmagan boʻlsa, aylanmadan olinadigan
soliqni toʻlashga kamida oʻn ikki oydan keyin qayta oʻtishga haqli.
(9-q.)
Soliq davri davomida jami daromadi bir milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar,
shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar jami daromadi koʻrsatilgan miqdorga yetgan kundan eʼtiboran qoʻshilgan
qiymat
soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(10-q.)
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka
tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi
roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga boʻlingan va roʻyxatdan
oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilganda bir
milliard soʻmga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi
yildan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(11-q.)
Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid
boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi soliq toʻlovchilar, shu jumladan
telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga
vositachilik xizmatlarini
koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
daromadni realizatsiya qilish boʻyicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan
holda aniqlaydi.
(12-q.)
Boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar va qurilishi
tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining
mulkdori boʻlgan
yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi boʻyicha xulosa
chiqarilgan oydan keyingi oyning sanasidan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda
soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(13-q.)
Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish
maydonlarining mulkdorlari boʻlgan yuridik shaxslar, investitsion
loyihaning amalga
oshirilmaganligi toʻgʻrisida xulosa berishga vakolati boʻlgan vakolatli organning xulosasi
chiqarilgan sanadan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(14-q.)
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurilishini
(bundan joriy va kapital taʼmirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir
shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(15-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni
(importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sana oldinroq
kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan
boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini hamda foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y.
OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(16-q.)
Ushbu Kodeks 461-moddasi ikkinchi qismining 2, 4, 5, 9 va 11-bandlarida nazarda
tutilgan shaxslar tegishli ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) olgan yoki oʻz faoliyatini boshlaganligi
toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini hamda
foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
qism)
(17-q.)
Qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh
gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari mavjud boʻlgan
taqdirda, ular
koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni
oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat
soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(18-q.)
Oddiy shirkat ishlarini yuritish oʻz zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs boʻlgan
oddiy shirkat ishtirokchisi oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat
boʻyicha oddiy sheriklik shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini va
foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
qism)
(19-q.)
Bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan
sanadan eʼtiboran, budjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat
soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(20-q.)
Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatlari koʻrsatish uchun shartnoma tuzilgan
sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini hamda foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq oʻn beshinchi qismi yigirma birinchi
qism deb hisoblansin
(21-q.)
Soliqni toʻlash soliq toʻlovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini
bajarishdan;
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, hisobvaraq-faktura taqdim
etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Dostları ilə paylaş: