Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Moliyaviy koʻrsatkichlar va rentabellik oraligʻi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

187-modda. Moliyaviy koʻrsatkichlar va rentabellik oraligʻi 
(1-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni ushbu 
Kodeksning 189-192-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlashda quyidagi rentabellik 
koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin: 
1) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilishdan olingan sof tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan yalpi rentabellik; 
2) yalpi foydaning sotilgan tovarlar (xizmatlar) tannarxiga nisbati sifatida aniqlanadigan 
xarajatlarning yalpi rentabelligi; 
3) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, 
asosiy faoliyatdan olingan foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan sotish rentabelligi
4) asosiy faoliyatdan olingan foydaning realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) 
tannarxi, realizatsiya qilish xarajatlari va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq 
maʼmuriy xarajatlarning summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan xarajatlar rentabelligi; 
5) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning realizatsiya 
qilishga doir xarajatlarga va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan 
maʼmuriy xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadigan realizatsiya qilish boʻyicha xarajatlarning va 
maʼmuriy xarajatlarning rentabelligi; 
6) asosiy faoliyatdan olingan foydaning tahlil qilinadigan bitimda bevosita yoki bilvosita 
foydalaniladigan aktivlarning (muomalada boʻlmagan va muomalada boʻlgan) joriy bozor 
qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan aktivlar rentabelligi. 


(2-q.)
Aktivlarning joriy bozor qiymati toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda aktivlar 
rentabelligi moliyaviy hisobotning maʼlumotlari asosida aniqlanishi mumkin. 
(3-q.)
Rentabellik va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlar ushbu bobning maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari uchun Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya 
hisobi toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida 
aniqlanadi. Chet el yuridik shaxslari uchun mazkur moliyaviy koʻrsatkichlar chet davlatlarning 
qonunchiligiga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Bunda 
Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq 
tuziladigan moliyaviy hisobot maʼlumotlari bilan taqqoslashni taʼminlash maqsadida bunday 
maʼlumotlarga tuzatishlar kiritiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.) 
Rentabellik oraligʻini aniqlash chogʻida, agar bitimlar nazorat qilinadigan boʻlmasa, 
taqqoslanadigan kamida toʻrtta bitim, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan 
bitimlar natijalari boʻyicha yoxud taqqoslanadigan kamida toʻrtta yuridik shaxsning moliyaviy 
hisoboti maʼlumotlari asosida aniqlanadigan rentabellik koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Mazkur 
yuridik shaxslarni tanlash nazorat qilinadigan bitimga nisbatan taqqoslanadigan iqtisodiy 
shartlarda (tijorat shartlarida) oʻzining tarmoq xususiyatini va amalga oshiriladigan faoliyat 
turlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Nazorat qilinadigan bitim tarafi mansub boʻlgan tarmoqda, ushbu tarafga nisbatan 
mustaqil yuridik shaxslar mavjud boʻlmaganda funksional tahlil uchun yuridik shaxslarni tanlash 
ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning taqqoslanishini, ular 
tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni va foydalaniladigan aktivlarni inobatga olgan 
holda amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Taqqoslanadigan toʻrtta va undan ortiq bitim toʻgʻrisidagi axborot mavjud 
boʻlmaganda yoxud taqqoslanadigan toʻrtta va undan ortiq yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti 
mavjud boʻlmaganda, rentabellik oraligʻini aniqlash maqsadida kam sondagi taqqoslanadigan 
bitimlar (kam sondagi yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti) toʻgʻrisidagi axborotdan 
foydalanish mumkin. 
(7-q.)
Ushbu Kodeksning 186-moddasi birinchi qismi 2-4-bandlarida koʻrsatilgan usullarni 
qoʻllash maqsadida rentabellik oraligʻi quyidagi tartibda aniqlanadi: 
dastlab rentabellik oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan rentabellik jami 
koʻrsatkichlari ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda, oʻsib 
borish tarzida tartibga keltiriladi. Bunda rentabellikning har bir koʻrsatkichiga, eng kamidan 
boshlab oʻz tartib raqami beriladi. Agar tanlanma rentabellikning ikki va undan ortiq bir xil 
koʻrsatkichini oʻz ichiga olsa, unga barcha shunday koʻrsatkichlar kiritiladi; 
rentabellik oraligʻini aniqlashda nazorat qilinadigan bitim rentabelligi hisobga olinmaydi. 
Soʻngra toʻplamda rentabellik koʻrsatkichlarining soni toʻrtga qoldiqsiz boʻlinishiga qarab, 
rentabellik oraligʻi quyidagi ikki usuldan biri bilan aniqlanadi: 
1) agar ushbu son qoldiqsiz boʻlinsa, rentabellik oraligʻining eng kam koʻrsatkichi 
rentabellik koʻrsatkichlarining yarim summasiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkichlar 
tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismga teng boʻlgan tartib raqamiga va keyingi tartib 
raqamiga ega boʻladi. Rentabellik oraligʻining eng yuqori qiymati bunday holda rentabellik 
koʻrsatkichlarining yarim summasiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkichlar tanlamada 
boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning uch karrasiga teng boʻlgan tartib raqamiga va keyingi tartib 
raqamiga ega boʻladi; 
2) agar ushbu son qoldiqsiz boʻlinmasa, rentabellik oraligʻining eng kam qiymati rentabellik 
koʻrsatkichiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkich tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan 


qismning butun qismi birligiga oshirilgan koʻrsatkichga teng boʻlgan tartib raqamiga ega boʻladi. 
Rentabellik oraligʻining eng yuqori koʻrsatkichi bunday holda rentabellik koʻrsatkichiga teng deb 
qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkich tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning butun qismi uch 
karrasi birligiga oshirilgan qiymatga teng boʻlgan tartib raqamiga ega boʻladi. 
(8-q.)
Taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) amalga oshiriladigan faoliyat 
natijalari boʻyicha rentabellikni hisob-kitob qilish yuridik shaxs moliyaviy hisobotining 
maʼlumotlari asosida quyidagi shartlarga bir vaqtda rioya qilinganida amalga oshirilishi mumkin: 
1) yuridik shaxs taqqoslanadigan faoliyatni amalga oshiradi va u bilan bogʻliq 
taqqoslanadigan vazifalarni bajaradi. Faoliyatning taqqoslanishi Oʻzbekiston Respublikasi 
iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasnifida, shuningdek xalqaro va boshqa tasniflarda 
nazarda tutilgan iqtisodiy faoliyat turlarini hisobga olgan holda aniqlanishi mumkin; 
2) yuridik shaxs sof aktivlarining umumiy miqdori rentabellik hisob-kitob qilinadigan bir 
necha yildan oxirgi yilning 31-dekabri holatiga koʻra moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha 
manfiy hisoblanmaydi; 
3) yuridik shaxs rentabellik hisob-kitob qilinadigan bir necha yildan bir yildan ortiq davrdagi 
moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha sotuvlardan zararlarga ega boʻlmaydi; 
4) yuridik shaxs 25 foizdan ortiq boʻlgan ulush bilan boshqa yuridik shaxs faoliyatida 
bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etmaydi hamda bevosita ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiq 
boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) sifatidagi yuridik shaxsga ega boʻlmaydi. 
(9-q.)
Agar maʼlumotlaridan rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan 
yuridik shaxslarning konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti maʼlumotlaridan foydalanish 
imkoniyati boʻlsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan mezonlar 
qoʻllanilmaydi. 
(10-q.)
Agar ushbu moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlarida belgilangan cheklovlarga 
koʻra funksional tahlil uchun toʻrttadan kam yuridik shaxs qolsa, ushbu moddaning sakkizinchi 
qismi 4-bandida koʻrsatilgan ishtirok etish ulushi mezonlari 25 foizdan 50 foizga qadar oshirilishi 
mumkin. 
(11-q.)
Rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish uchun nazorat qilinadigan bitim tuzilgan 
paytdagi yoxud vaqt boʻyicha unga yaqin boʻlgan, ammo bitim tuzilgan kalendar yilning 31-
dekabridan kechikmagan paytdagi mavjud axborotdan foydalaniladi. 
(12-q.)
Ushbu moddaning oʻn birinchi qismida koʻrsatilgan mazkur axborot oʻrniga nazorat 
qilinadigan bitim tuzilgan kalendar yildan bevosita oldingi uch kalendar yildagi (yoxud ushbu 
bitimda narxlar belgilangan kalendar yildagi) moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan foydalanish 
mumkin. Mazkur axborot jumlasiga soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan oʻzi amalga 
oshirgan bitimlar toʻgʻrisidagi axboroti ham kiradi. 
(13-q.)
Rentabellik oraligʻini aniqlashda taqqoslanishni taʼminlash maqsadida rentabellik 
koʻrsatkichlari taqqoslanadigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlaridagi maʼlumotlarga 
asoslangan holda mavjud farqlarga tuzatish kiritish maqsadida oʻzgarishi mumkin. Bunday 
tuzatishlar, xususan, debitorlik va kreditorlik qarzi koʻrsatkichlarida, soliq toʻlovchining va 
moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan rentabellik oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan yuridik 
shaxslarning moliyaviy hisoboti maʼlumotlari boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning 
koʻrsatkichlarida amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin