Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli 


(1-q.)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli nazorat qilinadigan bitimdagi tovarlar 
(xizmatlar) narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini nazorat qilinadigan bitim narxini ushbu 
moddaning ikkinchi - yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor narxlari 
oraligʻi bilan taqqoslash asosida aniqlashni nazarda tutadi. 
(2-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimga nisbatan aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar 
(xizmatlar) bilan tuzilgan faqat bitta taqqoslanadigan bitim haqidagi axborot mavjud boʻlsa, 
taqqoslanadigan bitimning narxi, basharti ushbu nazorat qilinadigan hamda taqqoslanadigan 
bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari toʻliq taqqoslansa, bir vaqtning oʻzida 
bozor narxlari oraligʻining eng kam va eng koʻp koʻrsatkichlari deb eʼtirof etilishi mumkin. 
Mazkur qoida nazorat qilinadigan va taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) 
moliyaviy shartlari toʻliq taqqoslanishini tegishli tuzatishlar bilan taʼminlash mumkin boʻlgan 
taqdirda ham qoʻllanilishi mumkin. Agar taqqoslanadigan bitimdagi tovarlarni (xizmatlarni) 
sotuvchi ushbu tovarlar (xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallagan boʻlsa, ushbu qismda 
nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanilmaydi. 
(3-q.)
Bir xil (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan bir nechta taqqoslanadigan 
bitim (shu jumladan soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan bitimlari) toʻgʻrisida axborot 
mavjud boʻlganda, bozor narxlari oraligʻi quyidagi tartibda aniqlanadi. Dastlab taqqoslanadigan 
bitimlarda qoʻllanilgan, bozor narxlari oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar majmui 
ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda oʻsib borish tarzida 
tartibga solinadi. Bunda narxning har bir koʻrsatkichiga, eng kam miqdoridan boshlab oʻz tartib 
raqami beriladi. Agar tanlama narxning ikki va undan ortiq bir xil qiymatini oʻz ichiga olgan 
boʻlsa, unga barcha shunday koʻrsatkichlar kiritiladi. Bozor narxlari oraligʻini aniqlashda nazorat 
qilinadigan bitimning narxi hisobga olinmaydi. Soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil shaxslar bilan 
amalga oshirilgan taqqoslanadigan bitimlar soni yetarli boʻlganda, boshqa bitimlar boʻyicha 
axborot hisobga olinmasligi mumkin. Soʻngra olingan tanlama asosida rentabellik oraligʻini 
aniqlash uchun ushbu Kodeksning 187-moddasi toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibda 
bozor narxlarining oraligʻi topiladi. 
(4-q.)
Bozor narxlari oraligʻi tahlil qilingan davr mobaynida qoʻllanilgan narxlar haqidagi 
mavjud axborot yoki nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishiga qadar boʻlgan eng yaqin 
sanadagi axborot asosida aniqlanadi. 
(5-q.)
Birja kotirovkalari toʻgʻrisida eʼlon qilingan yoki soʻrov boʻyicha olingan axborotdan 
foydalanilganda bozor narxlarining oraligʻi tegishli birjada roʻyxatdan oʻtkazilgan aynan oʻxshash 
(bir turdagi) tovarlar bilan amalga oshirilgan bitimlarning narxlari asosida aniqlanadi. Bunday 
holda bitimlarning ular amalga oshirilgan sanada qayd etilgan eng kam va eng koʻp narxi 
oʻrtasidagi oraliq bozor narxlari oraligʻi deb eʼtirof etiladi. 
(6-q.)
Bozor narxlari oraligʻi birja kotirovkalari asosida aniqlanganda bitimlarning iqtisodiy 
(tijorat) shartlaridagi farqlarni hisobga olishga, chunonchi, quyidagi iqtisodiy (tijorat) shartlar 
asosida farqlarni hisobga oladigan tuzatishlar vositasida yoʻl qoʻyiladi: 
1) tegishli bozorga tovarlar (xizmatlar) yetkazib berilishi uchun zarur boʻlgan, hujjatlar va 
(yoki) axborot manbalari bilan asoslangan va tasdiqlangan xarajatlar; 
2) bojxona bojlarini toʻlash xarajatlari; 
3) toʻlov shartlari; 
4) savdo brokerining (vositachining yoki agentning) u tomonidan savdo-vositachilik 
funksiyalari bajarilganligi uchun vositachilik (agent) haqi. 
(7-q.)
Axborot-narx agentliklarining aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarning 
(xizmatlarning) narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanilganda eng kam va eng koʻp 


koʻrsatkichlar bunday tovarlarning (xizmatlarning) eʼlon qilingan narxlarining eng kam va eng 
koʻp koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlgan oraliq ushbu Kodeksning 186-moddasi oʻn ikkinchi va oʻn 
uchinchi qismlariga muvofiq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etilishi mumkin. Bunda faqat 
nazorat qilinadigan bitim taalluqli boʻlgan vaqt davrida taqqoslanadigan shartlar asosida tuzilgan 
bitimlar boʻyicha maʼlumotlar inobatga olinadi. 
(8-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi ushbu modda qoidalariga muvofiq 
aniqlangan bozor narxlari oraligʻi chegarasida boʻlsa, soliq solish maqsadlarida ushbu narx bozor 
narxlariga muvofiq boʻlgan narx deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlari oraligʻining eng kam 
miqdoridan kam boʻlsa yoki uning eng koʻp miqdoridan koʻp boʻlsa, ushbu narx bozor narxlariga 
muvofiq boʻlmagan narx deb eʼtirof etiladi. Mazkur nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, soliq 
solish maqsadida bozor narxlari oraligʻining oʻrtacha qiymatiga teng boʻlgan narx qabul qilinadi. 
(10-q.)
Soliq solish maqsadida bozor narxlari oraligʻining oʻrtacha qiymatini ushbu 
moddaning toʻqqizinchi qismiga muvofiq qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim 
boʻlgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq toʻlovchi zararining summasi oshishiga olib 
kelmasa, amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin