Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli 
(1-q.)
Taqqoslanadigan rentabellik usuli nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan shaxsda 
yuzaga kelgan operatsion rentabellikni taqqoslanadigan bitimlardagi operatsion rentabellikning 
ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oraligʻi bilan 
taqqoslashni nazarda tutadi. 
(2-q.)
Taqqoslanadigan rentabellik usulidan, xususan, axborot mavjud boʻlmaganda yoki 
yetarli boʻlmaganda foydalanish mumkin boʻlib, mazkur axborotga asoslangan holda 
taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining zarur boʻlgan taqqoslash 
darajasi mavjudligi haqida asoslangan xulosa chiqarish hamda ushbu Kodeks 186-moddasi 
birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan usullardan foydalanish mumkin boʻladi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning maqsadi uchun ushbu Kodeks 187-moddasining birinchi va 
ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan operatsion rentabellikning quyidagi koʻrsatkichlaridan 
foydalanish mumkin: 
1) sotish rentabelligi; 
2) xarajatlar rentabelligi
3) tijorat va boshqaruv xarajatlari rentabelligi; 
4) aktivlar rentabelligi; 
5) rentabellikning amalga oshirilayotgan vazifalar, foydalanilayotgan aktivlar hamda qabul 
qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari va haq toʻlash darajasi oʻrtasidagi oʻzaro 
bogʻliqlikni aks ettiruvchi boshqa koʻrsatkichi. 
(4-q.)
Rentabellikning aniq koʻrsatkichini tanlashda nazorat qilinadigan bitim tarafining 
faoliyat turi, ushbu taraf tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar, foydalaniladigan aktivlar va 
qabul qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari, tegishli rentabellikni hisob-kitob qilish 
uchun foydalaniladigan maʼlumotlarning toʻliqligi, toʻgʻriligi va ularni taqqoslash mumkinligi, 
shuningdek bunday koʻrsatkichning iqtisodiy asoslanganligi hisobga olinadi. 
(5-q.)
Ushbu moddani qoʻllash maqsadi uchun rentabellik koʻrsatkichlaridan quyidagi 
xususiyatlar hisobga olingan holda foydalaniladi: 
1) sotish rentabelligidan qayta sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq shaxslardan olingan tovarlarni 
keyingi qayta sotishda yoki qayta sotuvchi bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslardan olingan tovarlarni 
u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslarga keyingi qayta sotishda foydalaniladi; 
2) tijorat va boshqaruv xarajatlarining yalpi rentabelligidan ushbu qismning 1-bandida 
koʻrsatilgan hollarda, agar quyidagi ikkita shart bir vaqtda bajarilsa, foydalaniladi: 
a) qayta sotuvchi tovarlarni olishda va keyingi qayta sotishda uzoq boʻlmagan vaqt davrida 
sezilarli boʻlmagan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklariga duch kelsa; 


b) qayta sotuvchining sotishdan olinadigan yalpi foydasi miqdori hamda u tomonidan 
amalga oshirilgan tijorat va boshqaruv xarajatlari miqdori oʻrtasida bevosita oʻzaro bogʻliqlik 
mavjud boʻlsa; 
3) xarajatlarning rentabelligidan xizmatlar koʻrsatish va tovarlar ishlab chiqarishda 
foydalanilsa; 
4) aktivlar rentabelligidan tovarlar ishlab chiqarishda (xususan, agar nazorat qilinadigan 
bitimlar koʻp sarmoya talab qiladigan faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan amalga 
oshirilsa) foydalaniladi. 
(6-q.)
Taqqoslanadigan rentabellik usulidan foydalanilganda rentabellikning bozor oraligʻi 
bilan nazorat qilinadigan bitimning quyidagi talablarga javob beradigan tarafining rentabelligi 
taqqoslanadi: 
1) nazorat qilinadigan bitim tarafi ayni bir tovar bilan ketma-ket bajarilgan bitimlar boʻyicha 
olingan foydaga qoʻshgan hissasi nazorat qilinadigan bitimning boshqa tarafi qoʻshgan hissaga 
nisbatan kam boʻlgan vazifalarni amalga oshiradi; 
2) nazorat qilinadigan bitimning tarafi nazorat qilinadigan bitimning boshqa tarafiga 
nisbatan kam iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklarni qabul qiladi; 
3) nazorat qilinadigan bitimning tarafi rentabellik darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan 
nomoddiy aktivlar obyektlariga egalik qilmaydi. 
(7-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimning tarafi ushbu modda oltinchi qismining 1-3-
bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa, rentabellikning bozor oraligʻi bilan 
taqqoslash uchun nazorat qilinadigan bitimning mazkur talablarga eng koʻp darajada javob 
beradigan tarafi tanlanadi. 
(8-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim boʻyicha rentabellik ushbu Kodeksning 187-
moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻi doirasida boʻlsa, soliq solish 
maqsadlarida nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiq deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim boʻyicha rentabellik rentabellik oraligʻining eng kam 
miqdoridan kam boʻlsa yoki uning eng koʻp miqdoridan koʻp boʻlsa, soliq solish maqsadlarida 
rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymati inobatga olinadi. 
(10-q.)
Rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatiga asosan soliq solish maqsadida nazorat 
qilinadigan bitimga doir foydaga (daromadga, tushumga) tuzatishlar amalga oshiriladi. 
(11-q.)
Soliq solish maqsadida ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlariga 
muvofiq foydaga (daromadga, tushumga) tuzatishlarni qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga 
toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq toʻlovchining zarari summasi 
oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin