taqqoslanadigan bitimlarning mazkur shartlari oʻrtasidagi farqlar ularning natijalariga jiddiy taʼsir
koʻrsatmasa, tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb eʼtirof etilishi mumkin.
Agar ushbu bitimlarning shartlaridagi farqlarning bu bitimlar shartlariga va (yoki) natijalariga doir
tegishli tuzatishlarni soliq solish maqsadida qoʻllash yordamida hisobga olinishi mumkin boʻlsa,
bunday bitimlar ham tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb eʼtirof etilishi
mumkin.
(3-q.)
Bitimlarning taqqoslanishini aniqlashda, shuningdek bitimlarning tijoratga oid va
(yoki) moliyaviy shartlarini tuzatishlarni amalga oshirish uchun
tahlil etiladigan hamda
taqqoslanadigan bitimlarning mustaqil shaxslar oʻrtasidagi bitimlarning tijoratga oid va (yoki)
moliyaviy shartlariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy tavsiflarining tahlili
oʻtkaziladi. Bunday tahlil ushbu Kodeksning 184-moddasiga muvofiq oʻtkaziladi.
184-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlili
(1-q.)
Bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda bu
shartlarning ushbu bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlariga yoxud ularning
moliyaviy natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy tavsiflari hisobga olinadi.
Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
1) tovarlarning soni, koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmi;
2) bitim boʻyicha majburiyatlarni
bajarish muddatlari;
3) tegishli bitimlarda qoʻllaniladigan toʻlovlarning shartlari;
4) bitimda qoʻllanilgan chet el valyutasining soʻmga yoki boshqa valyutaga nisbatan kursi
va uning oʻzgarishi;
5) bitim taraflari oʻrtasidagi huquqlar va majburiyatlarni taqsimlashning boshqa shartlari.
(2-q.)
Bitimlarning asosiy tavsiflari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
1) bitim predmeti boʻlgan tovarlarning (xizmatlarning) tavsiflari;
2) ishbilarmonlik muomalasi anʼanalariga muvofiq bitim taraflari tomonidan bajariladigan
vazifalarning tavsiflari, shu jumladan bitim taraflari foydalanadigan aktivlarning, oʻz zimmasiga
oladigan tavakkalchiliklarning tavsiflari, shuningdek bitimlar taraflari oʻrtasidagi javobgarlikning
taqsimlanishi va boshqa shartlar (bundan buyon ushbu boʻlimda funksional tahlil deb yuritiladi);
3) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflari oʻrtasida tuzilgan
shartnomalarning (kontraktlarning) shartlari;
4) bitim taraflari faoliyatining iqtisodiy shartlari tavsiflari;
5) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflarining bozor (tijoratga oid)
strategiyalari tavsiflari.
(3-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilish chogʻida taqqoslanadigan va tahlil
etiladigan bitimlar tuziladigan bozorlarning tavsiflari hisobga olinishi kerak. Bunda quyidagi
omillar eʼtiborga olinadi:
1) bozorlarning geografik joylashgan yeri va ularning oʻlchami;
2) bozorlarda raqobatning mavjudligi hamda bozordagi sotuvchilar va xaridorlarning nisbiy
raqobatbardoshliligi;
3) bozorda bir turdagi tovarlarning (xizmatlarning) mavjudligi;
4) bozordagi taklif va talab, isteʼmolchilarning
xarid qobiliyati;
5) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining rivojlanish darajasi;
6) bozorning bitim narxiga taʼsir etuvchi boshqa tavsiflari.
(4-q.)
Bitimlarning taraflari tomonidan bajariladigan vazifalarni tahlil qilishda ularning
tasarrufidagi moddiy va nomoddiy aktivlar hisobga olinadi.
(5-q.)
Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda hisobga olinadigan bitim
taraflarining asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi, xususan:
1) tovarlarning dizaynini amalga oshirish va ularni texnologik jihatdan ishlab chiqish;
2) tovarlarni ishlab chiqarish;
3) tovarlarni yoki ularning tarkibiy qismlarini yigʻish;
4) uskunani montaj qilish va (yoki) oʻrnatish;
5) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlarini amalga oshirish;
6) tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish;
7) tovarlarning ulgurji yoki chakana savdosini amalga oshirish;
8) taʼmirlash, kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalar;
9) yangi bozorlarda tovarlarni (xizmatlarni) oʻtkazish, marketing, reklama;
10) tovarlarni saqlash va tashish;
11) sugʻurta qilish;
12) moliyalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish;
13) sifatni nazorat qilish;
14) tezkor va strategik boshqaruv, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) narx siyosatini,
ularni ishlab
chiqarish strategiyasini, realizatsiya qilish hajmini va assortimentini, ularning
isteʼmol xususiyatlarini aniqlash.
(6-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda bitim taraflaridan har biri
tomonidan oʻz faoliyatini amalga oshirishda zimmasiga olinadigan va bitimning shartlariga taʼsir
koʻrsatadigan tavakkalchiliklari hisobga olinishi mumkin. Taraflarning tijorat strategiyalari, shu
jumladan chiqariladigan mahsulotni yangilashga va takomillashtirishga, mahsulot sotiladigan
yangi bozorlarga chiqishga qaratilgan strategiyalari ham hisobga olinishi mumkin.
(7-q.)
Agar bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlil qilinayotganda kreditlar yoki zayomlar
shartlarini taqqoslash talab etiladigan boʻlsa, bitimlar taraflarining kredit tarixi va toʻlov qobiliyati,
bunday kreditlar yoki zayomlar
berilayotgan muddatlar, ularning valyutasi hamda foiz stavkasi
oʻlchamiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa shartlar hisobga olinadi.
(8-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan omillar va tavsiflar, ushbu moddada nazarda tutilgan
funksional tahlil uchun qaysi hollarda va qaysi darajada zarur boʻlsa, oʻsha hollarda va darajada
hisobga olinadi.
(9-q.)
Ushbu moddaning birinchi - sakkizinchi qismlariga muvofiq taqqoslanadigan bitimlar
shartlarini tahlil qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqqoslanadigan
bitimlarning shartlari tahlil etiladigan bitim shartlari bilan taqqoslashning zarur darajasini
taʼminlash uchun tuzatishlar kiritishni amalga oshirishga haqli. Bunday tuzatishlar quyidagi
prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
1) mustaqil shaxslarning nazorat qilinmaydigan bitimlardagi daromadlari ular tomonidan
foydalaniladigan aktivlarni va tovarlar (xizmatlar) bozorida yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda
oʻz zimmasiga olinadigan iqtisodiy (tijoratga oid) tavakkalchiliklarni
hisobga olgan holda
shakllantiriladi hamda shartnoma shartlariga va ishbilarmonlik muomalasi anʼanalariga muvofiq
bitimning har bir tarafi tomonidan bajariladigan vazifalarni aks ettiradi;
2) boshqa teng sharoitlarda bozor (tijorat) strategiyasiga muvofiq bitim taraflari tomonidan
qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish, daromadlar miqdoriga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi
aktivlardan foydalanish, qoʻshimcha tijorat (iqtisodiy) tavakkalchiliklarini oʻz zimmasiga olish
bunday bitim boʻyicha kutiladigan daromadlarning oshishi bilan birga kechadi.
Dostları ilə paylaş: