Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Bozor narxlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

178-modda. Bozor narxlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida, agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, bitimlarning narxlari, ushbu bitimlar taraflarining daromadlari va xarajatlari quyidagi 
hollarda bozor narxlari deb eʼtirof etiladi: 
1) mustaqil shaxslar oʻrtasidagi bitimlar
2) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatning qonunchiligiga 
muvofiq oʻtkazilgan birja savdolarining natijalariga koʻra tuzilgan bitimlar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
3) monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmalariga muvofiq (tartibga solinadigan narxlar 
qoʻllaniladigan bitimlar uchun ushbu Kodeksning 179-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos 
xususiyatlar inobatga olingan holda) narxlari belgilangan bitimlar
4) narxlari ushbu Kodeksning 25-bobida nazarda tutilgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
kelishuviga muvofiq belgilangan bitimlar. 
(2-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlarda bitimning narxi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qoʻmitasi tomonidan buning aksi isbotlanmagan boʻlsa yoki soliq toʻlovchi ushbu 
Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq (zarar) summalariga mustaqil tuzatish kiritishni amalga 
oshirmagan boʻlsa, bozor narxi deb topiladi. 
(3-q.)
Agar ushbu Kodeksning Maxsus qismida soliq solish maqsadida ayrim soliqlarni 
hisoblab chiqarish va toʻlash masalalari boʻyicha tovarning (xizmatning) narxini yoki bitim 
taraflarining daromadlarini (xarajatlarini) aniqlashning boshqacha qoidalari belgilangan boʻlsa, 
ushbu Kodeksning Maxsus qismi qoidalari qoʻllaniladi. 


179-modda. Narxlarni tartibga solishda bozor narxi 
deb topishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxni belgilash, eng koʻp va (yoki) eng kam 
chegaraviy narxlarni belgilash vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, 
koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar ushbu moddaning toʻrtinchi - yettinchi qismlarida nazarda 
tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish maqsadida bozor narxlari deb 
topiladi. 
(2-q.)
Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxga doir eng koʻp va (yoki) eng kam 
ustamalar yoki narxlardan chegirmalar belgilash vositasida yoxud rentabellikka yoki foydaga doir 
cheklovlar vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi 
bitimlardagi narxlar soliq solish maqsadida ushbu moddaning sakkizinchi qismida belgilangan 
oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda bozor narxlari deb topiladi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlar, 
agar narxlarni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va chet davlatlarning 
qonunchiligiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq 
amalga oshirilsa, hisobga olinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Belgilangan narxlarga muvofiq boʻlgan narxlar va narxning kelishilgan formulasiga 
muvofiq boʻlgan narxlar bozor narxlari deb topiladi. 
(5-q.)
Eng kam chegaraviy narxni belgilashda bunday narx, agar bozor narxlari oraligʻining 
ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng kam chegaraviy narx hisobga olinmagan holda 
aniqlangan eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, bozor narxini 
aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxga 
teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etiladi, eng koʻp koʻrsatkich esa uning 
ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng koʻp koʻrsatkichiga teng ravishda qabul 
qilinadi. 
(6-q.)
Eng koʻp chegaraviy narxni belgilash chogʻida bunday narx bozor narxini aniqlashda
agar ushbu eng koʻp chegaraviy narx bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga 
muvofiq mazkur eng koʻp chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng koʻp 
koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng koʻp 
koʻrsatkichi ushbu eng koʻp chegaraviy narxga teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb 
eʼtirof etiladi, eng kam koʻrsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan 
eng kam koʻrsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi. 
(7-q.)
Bir vaqtning oʻzida eng kam va eng koʻp chegaraviy narxlar belgilanganda ular bozor 
narxlarini aniqlashda, agar bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 24-bobiga muvofiq 
aniqlangan eng kam koʻrsatkichi eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, eng koʻp chegaraviy 
narx esa bozor narxlarining ushbu oraligʻining eng koʻp koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini 
aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, bozor narxlari oraligʻining tegishincha eng kam va 
(yoki) eng koʻp koʻrsatkichiga ushbu moddaning beshinchi - oltinchi qismlariga muvofiq 
tuzatishlar kiritiladi. 
(8-q.)
Agar bitim uchun narxga doir eng kam va (yoki) eng koʻp ustamalar belgilangan boʻlsa 
yoxud rentabellik yoki foyda miqdorlari uchun boshqa cheklovlar belgilangan boʻlsa, ushbu 
Kodeksning 23-bobiga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oraliqlariga (rentabellik oraliqlariga) 


ushbu moddaning beshinchi - yettinchi qismlarida nazarda tutilgan xuddi shunday tartibda 
tuzatishlar kiritilishi lozim. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin