Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq bazasiga



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

177-modda. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq bazasiga 
mustaqil ravishda tuzatish kiritish 
(1-q.)
Agar transfert narxning belgilanishi ushbu Kodeksning 176-moddasi yettinchi qismida 
koʻrsatilgan bir yoki bir nechta soliqning (boʻnak va joriy toʻlovining) summalari kamaytirilishiga 
yoki zarar summasining koʻpaytirilishiga olib kelgan boʻlsa, soliq toʻlovchi soliq bazasiga va 
(yoki) tegishli soliqlarning (zararning) summasiga mustaqil ravishda tuzatishlar kiritishni amalga 


oshirishga haqli. Bunday tuzatish kiritish summalariga tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliqlar 
boʻyicha soliq davrini (soliq davrlarini) oʻz ichiga oluvchi kalendar yil oʻtgach amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi qaysi bitimga nisbatan soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga 
mustaqil ravishda tuzatish kiritgan boʻlsa, oʻsha bitimni identifikatsiya qilish imkonini beradigan 
maʼlumotlar tegishli aniqlashtirilgan soliq hisobotiga ilova qilinadigan tushuntirishlarda 
koʻrsatiladi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritish: 
1) yuridik shaxslar tomonidan - foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish uchun 
belgilangan muddatlarda
2) jismoniy shaxslar tomonidan - jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisida 
deklaratsiyani topshirish muddatlarida amalga oshirilishi mumkin. 
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq amalga oshirilgan tuzatish kiritish 
natijalariga koʻra soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan toʻlanmagan soliqlar 
summasi tegishli soliq davri uchun foyda soligʻini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
soligʻini) toʻlash sanasidan kechiktirilmagan muddatda toʻlanishi kerak. Bunda taqdim etilgan 
aniqlashtirilgan hisobot boʻyicha soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan to mazkur moddasining 
uchinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar boʻlgan davr uchun toʻlanmagan soliqlar 
summasiga penyalar hisoblanmaydi. 
(5-q.)
Kalendar yil ichida tugaydigan soliq davrlarining (hisobot davrlarining) yakunlari 
boʻyicha soliqlarni (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarishda soliq toʻlovchi bitimlarning 
haqiqiy narxlaridan foydalanishga haqli. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin