asoslantirilgan fikrni tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish uchun
bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(12-q.)
Soliq organi asoslantirilgan fikrni yuborish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida tegishli
qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxsga yozma shaklda xabar qiladi.
(13-q.)
Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga roziligi toʻgʻrisida shu
asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ilova qilgan holda asoslantirilgan fikr olingan kundan
eʼtiboran bir oy ichida xabardor qiladi.
(14-q.)
Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni soliq organining buxgalteriya (soliq) hisobidagi
va soliq hisobotidagi asoslantirilgan fikrda bayon etilgan nuqtayi nazarini eʼtiborga olish orqali,
aniqlashtirilgan soliq hisobotini berish orqali yoki boshqa usulda bajaradi.
(15-q.)
Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga rozi boʻlmagan taqdirda, u
olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida soliq organiga oʻz eʼtirozlarini taqdim etadi. Mazkur
eʼtirozlarni olgan soliq organi ular olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida bu eʼtirozlarni oʻzida
mavjud boʻlgan barcha materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga
oʻzaro kelishuv tartib-taomili tashabbusi bilan chiqish uchun yuborishi shart.
(16-q.)
Soliq organi soliq monitoringi tugagan sanadan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay
yuridik shaxsni soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida ushbu yuridik shaxsga yuborilgan,
bajarilmagan asoslantirilgan fikrlar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Dostları ilə paylaş: