(2-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaning shaklini Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi.
(3-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagilar taqdim etiladi:
1) belgilangan shakl boʻyicha axborotga doir hamkorlik reglamenti;
2) soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan yuridik shaxsda bevosita va
(yoki) bilvosita ishtirok etadigan hamda bunday ishtirok ulushi 25 foizni tashkil etadigan jismoniy
va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi axborot;
3) soliq solish maqsadi uchun amaldagi hisob siyosati.
(4-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan yuridik shaxs soliq organi
tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul
qilinguniga qadar chaqirib olish haqidagi yozma ariza asosida uni chaqirib olishi mumkin.
(5-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza chaqirib olingan taqdirda berilgan deb
hisoblanmaydi.
(6-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani va ushbu moddaning uchinchi
qismiga muvofiq yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni (axborotni) koʻrib chiqish
natijalari boʻyicha soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ariza berilgan yilning 1-noyabriga
qadar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni;
2) soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorni.
(7-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslantirilgan boʻlishi
kerak.
(8-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun
quyidagilar asosdir:
1) ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) taqdim etmaslik yoki
toʻliq hajmda taqdim etmaslik;
2) ushbu Kodeksning 169-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya
etmaslik;
3) axborotga doir hamkorlik reglamentining belgilangan shakl va talablarga nomuvofiqligi.
(9-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror (soliq monitoringini oʻtkazishni rad
etish haqidagi qaror) qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida arizachiga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: