Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

166-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi 
materiallar boʻyicha qaror qabul qilish 
(1-q.)
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) dalolatnomani hamda unga ilova 
qilingan hujjatlar va materiallarni ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni qabul qiladi: 
1) soliqlar va penyalarni qoʻshib hisoblashni yoki buni rad etishni; 
2) soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni 
yoki buni rad etishni. 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qaror dalolatnoma koʻrib 
chiqilganidan keyin besh kun ichida qabul qilinadi. 
(3-q.)
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish 
toʻgʻrisidagi qarorda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari bayon etiladi, mazkur holatlarni
javobgarlikka tortilayotgan shaxs tomonidan oʻz himoyasi uchun keltirilayotgan vajlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlar hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalari 
koʻrsatiladi. Shuningdek qarorda ushbu Kodeksning shu qoidabuzarliklarni nazarda tutuvchi 
moddalari va qoʻllaniladigan javobgarlik choralari koʻrsatiladi. 
(4-q.)
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish 
toʻgʻrisidagi qarorda oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs shu qaror ustidan qaysi muddat ichida 
shikoyat qilishga haqli boʻlsa, oʻsha muddat va qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga 
shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi. 
(5-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning qaysi aniqlangan buzilishlari uchun shaxslar 
maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, oʻsha qoidabuzarliklar boʻyicha soliq organining 
vakolatli mansabdor shaxsi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Ushbu 
huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ularni sodir etganlikda aybdor shaxslarga 
nisbatan maʼmuriy jazoni qoʻllash soliq organlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar 
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin