Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

198-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
bitimning amal qilish muddati 
(1-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim bitta bitim yoki ayni bir predmetga ega boʻlgan 
bir nechta bitim (bir turdagi bitimlar guruhi) boʻyicha uch yildan oshmaydigan muddatga tuzilishi 
mumkin. 
(2-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi soliq toʻlovchi mazkur bitim 
kuchga kirgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga bitim tuzish 
haqidagi ariza bilan murojaat qilgan kalendar yilning birinchi sanasidan eʼtiboran oʻtgan davrga 
nisbatan tatbiq etiladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchi, agar u narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha shartlariga rioya 
etsa, narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli. 
(4-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga koʻra ushbu Kodeksning 
199-moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi 
mumkin. 
(5-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim, agar bevosita mazkur bitimda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan boʻlsa, bitim imzolangan yildan keyingi kalendar yilning 1-yanvaridan 
eʼtiboran kuchga kiradi. 
199-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqida Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etilgan arizasiga soliq toʻlovchi tomonidan 
quyidagilar ilova qilinadi: 


1) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi; 
2) soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimlar bilan bogʻliq faoliyati haqidagi hujjatlar, 
shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish taklif qilinayotgan 
nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi hujjatlar; 
3) soliq toʻlovchi taʼsis hujjatlarining koʻchirma nusxalari; 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga 
muvofiq 4) band chiqarib tashlangan 
4) soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma 
nusxasi; 
5) soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan joydagi soliq organida 
soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi; 
6) soliq toʻlovchining oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisoboti; 
7) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishda ahamiyatga ega axborot mavjud boʻlgan 
boshqa hujjatlar. 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, erkin shaklda 
taqdim etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchidan ushbu moddaning 
birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur boʻlgan 
hujjatlarni soʻrab olishga haqli. 
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu 
moddaning birinchi - uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani va boshqa hujjatlarni 
ular olingan kundan eʼtiboran olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. Mazkur muddat 
toʻqqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini 
uzaytirish asoslari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni 
koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi 
qarorlardan birini qabul qiladi: 
1) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqidagi qaror; 
2) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qaror; 
3) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasini maromiga yetkazish zarurligi haqidagi 
qaror. 
(7-q.)
Tegishli qaror soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh 
kun ichida yuboriladi. 
(8-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi qaror qabul qilingan taqdirda, 
qarorda bitim imzolangan joy, sana va vaqt koʻrsatiladi. 
(9-q.)
Takroran taqdim etilgan bitim loyihasi boʻyicha qaror Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi. 


(10-q.)
Quyidagilar narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzishni rad etish haqida qaror qabul 
qilish uchun asos boʻladi, xususan: 
1) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning taqdim etilmaganligi 
yoki toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi; 
2) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasida taklif etilgan narxlarni aniqlash tartibini va 
(yoki) narxni belgilash usullarini qoʻllash natijasida bitimlar narxlarining bozor narxlariga 
muvofiqligi taʼminlanmasligi haqidagi asoslantirilgan xulosa. 
(11-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisida tuzilgan bitimning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchi 
hisobda turgan joydagi soliq organiga ushbu bitim imzolangan kundan eʼtiboran uch kun ichida 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan yuboriladi. 
(12-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim 
etilgan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi arizani uning oʻzi chaqirib olishi mumkin. 
(13-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda 
oʻzgartirilishi mumkin. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin