yurisdiksiyalar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod
qilinadi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan
chet el kompaniyasining foydasi, agar Oʻzbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalari
boʻyicha xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan davlat (hudud) bunday chet el kompaniyasi doimiy
joylashgan yer boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
(4-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet
el xolding kompaniyasi deb eʼtirof etish qoidalari ushbu Kodeksning 205-moddasida belgilanadi.
(5-q.)
Foyda soligʻi boʻyicha daromadga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasini
hisob-kitob qilish qoidalari ushbu Kodeksning 207-moddasida belgilanadi.
(6-q.)
Aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi ushbu Kodeksning 205-moddasida
koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi - bunday aktiv chet el xolding
kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs uchun soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur aktiv chet el
xolding kompaniyasining foydasi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu yuridik shaxsida - ushbu
aktiv chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxsda bevosita yoki bilvosita ishtirok
etuvchi ushbu chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi boshqa shaxslarda ham ozod
qilinadi. Ushbu foyda bunday shaxslarning mazkur nazorat qiluvchi shaxsda ishtirok etish ulushiga
muvofiq miqdorda soliq solishdan ozod qilinadi.
(7-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini foyda soligʻi solishdan ushbu moddaning
birinchi qismida belgilangan asoslarga koʻra ushbu Kodeksga muvofiq ozod qilish huquqi hujjat
bilan tasdiqlanishi kerak. Mazkur huquqni tasdiqlash uchun ushbu nazorat qilinadigan chet el
kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan soliq toʻlovchi oʻzi hisobga olingan joydagi soliq
organiga bunday soliqdan ozod qilish shartlariga rioya qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim
etadi. Bu hujjatlar ushbu Kodeksning 209-moddasi ikkinchi - beshinchi qismlarida nazarda
tutilgan muddatda taqdim etiladi va uning nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini
soliq solishdan ozod qilish huquqini beruvchi shartlarga rioya etilishini tasdiqlash uchun zarur
boʻlgan qismi davlat tiliga tarjima qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: