Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

214-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik 
sodir etilganda ayb shakllari 
(1-q.)
Gʻayrihuquqiy xatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik 
oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati (harakatsizligi) 
gʻayriqonuniy ekanligini bilgan boʻlsa, bunday harakatning (harakatsizlikning) zararli oqibatlari 
yuzaga kelishini istagan yoxud ularning yuzaga kelishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, 
bunday huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb topiladi. 
(3-q.)
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakatlari (harakatsizligi) 
gʻayriqonuniy ekanligini yoxud bunday harakatlar (harakatsizlik) natijasida yuzaga keladigan 
oqibatlarning zararli ekanligini garchand ularni oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda 
bilmagan boʻlsa, bunday huquqbuzarlik ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan deb eʼtirof etiladi. 


(4-q.)
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning 
mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid 
huquqbuzarlik sodir etilishini keltirib chiqargan aybiga qarab aniqlanadi. 
215-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir 
etganlikdagi aybini istisno qiluvchi holatlar 
(1-q.)
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan 
holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari boʻlgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa 
favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi. Mazkur holatlar 
hammaga maʼlum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan 
maʼlumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan 
aniqlanadi; 
2) soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari boʻlgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda 
kasallik oqibatida oʻz harakatlarini oʻzi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda 
boʻlgan soliq toʻlovchi - jismoniy shaxs tomonidan sodir etilganda. Mazkur holatlar mazmuni, 
mohiyati va sanasi boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan oʻsha soliq davriga taalluqli 
boʻlgan hujjatlarni soliq organiga taqdim etish orqali isbotlanadi; 
3) soliq organining yoki boshqa vakolatli organning (ushbu organ mansabdor shaxsining) 
soliqni (yigʻimni) hisoblab chiqarish, toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik 
qoʻllanilishining boshqa masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga (yigʻim 
toʻlovchiga, soliq agentiga) yoxud nomaʼlum doiradagi shaxslarga bergan yozma tushuntirishlari 
soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganda. Mazkur holatlar ushbu 
organning tegishli hujjati mavjud boʻlgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjat maʼnosi va 
mazmuniga koʻra, bunday hujjat qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik 
yuz bergan soliq davriga taalluqli boʻladi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
band) 
4) soliq monitoringini oʻtkazish davrida soliq organining soliq toʻlovchiga (yigʻim 
toʻlovchiga, soliq agentiga) yuborilgan asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq 
agenti) tomonidan bajarilganda. 
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari qoidalari, agar soliq organining 
yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti) 
tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri axborotga asoslangan boʻlsa, 
qoʻllanilmaydi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganida shaxs 
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgar boʻlmaydi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin