(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining normativ xususiyatga ega
boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
ustidan sud
tartibida shikoyat qilinadi.
(9-q.)
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan
normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida
shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiriladi.
(10-q.)
Shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʻrib
chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yoʻli bilan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib
olishi mumkin.
(11-q.)
Shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni oʻsha asoslarda shikoyat bilan takroran
murojaat qilish huquqidan mahrum etadi.
Dostları ilə paylaş: