227-1-modda. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikda beligilangan talablarni yoki tartibni, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda)
Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan
jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash
boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni
(mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya
vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish -
realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima
solishga sabab boʻladi.
29-BOB. SOLIQ TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN BANKLARNING JAVOBGARLIGI (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi bob nomi)
228-modda. Soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penyalar va
jarimalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarni
bajarish muddatlarini buzish
229-modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va
operatsiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni)
soliq organiga taqdim etmaslik
228-modda. Soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penyalar va jarimalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish Bank tomonidan soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penya va jarima summasini oʻtkazish
toʻgʻrisidagi soliq toʻlovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini
bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) -
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz
ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun oʻtkazilmagan
summa bir foizining beshdan bir qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab
boʻladi.